20 Sep 2017

Alkid emali loq-bo’yoq

Alkid emali loq-bo’yoq materiallarining universal turlaridan biridirю Undan binolarning ichki qismini bo’yashda hamda fasadlarga rang berishda foydalanish mumkin. Alkid emallari mustahkam va chidamlidir. U shuningdek, quyosh nurlarining ta’siriga qaramasdan o’zining boshlang’ich yorqin rangini yo’qotmaydi.

Ushbu bo’yoqning xususiyatlaridan biri uning katta miqdordagi rang turlariga egaligidir: jilosiz, yarimjilosiz, yaltiroq va hokazo. Jilosiz alkid emaliga talab kattadir. U shuningdek, istalgan yuzani bo’yashda ishlatiladi. Beton yuzalar nima bo’ladi? Ishlab chiqaruvchilar betonlarga mo’ljallangan alkid bo’yoqlarini ham chiqarmoqdalar. Bu bo’yoq bilan bo’yalgan betonning yuzasida himoya qobig’i hosil bo’ladi.

Alkid emalining tarkibi

Alkid emalining tarkibiga quyidagilar kiradi:

*Alkid loqi. Asosan tarkibida kanifol, eritkich va o’simlik moylari bo’lgan pentaftal loqidan foydalaniladi.

*Bo’yoq pigmentlari.  Ular rang berish uchun kerak.

*Eritkich. Masalan, uayt-spirit. U o’simlik yog’larini, moylarni, azotli, kislorodli va oltingugurtli hamda neft birikmalarini osongina eritadi.

Yog’och yuzalarni bo’yash uchun mo’ljallangan bo’yoqlarning tarkibiga zamburug’ va zararli hasharotlardan himoya qiluvchi antiseptiklar kiritilgan.

Alkid emallarining afzalliklari

Alkid emallari pishiq va elastik bo’lish bilan birga tez qurish xususiyatiga ham egadir, shuning uchun ham ular binoning ichki qismini bo’yashda juda qulaydir. Keyingi qatlamni surtish uchun uzoq kutishning hojati yo’q. Bunday emal quriganidan keyin yorqinligini yo’qotmaydi, yorilmaydi va singib qolmaydi.

Alkid emallari har qanday ob-havo sharoitiga chidamliligi bilan ham ajralib turadi. Shuning uchun ham ular tashqi ta’mirlash ishlarida juda qo’l keladi. Bunday bo’yoq bilan bo’yalgan tashqi yuzalarga hech qanday yog’ingarchilik xavf sololmaydi.

Alkid bo’yoqlari istalgan turdagi yuzalarga to’g’ri keladi. Bu bo’yoq beton, yog’och va boshqa yuzalarni mexanik hamda tashqi muhit ta’siridan himoya qiladi. Alkid emali bilan qoplangan yuzalarga namlik tushsa ham tez quriydi.

Ushbu bo’yoq turidan yuqori namlik bo’lgan joylarda ham foydalanish mumkin. Masalan, vannaxona yoki oshxonani bo’yashda.