27 Sep 2017

Shpatlyovka nima uchun kerak? Shpatlyovkalarning turlari

Shpatlyovka – maxsus pastasimon aralashma bo’lib, yuzani silliq va tekis qilishda ishlatiladi. Shundan keyin devorlarga bo’yoq surtish yoki ularga gulqog’ozlar yopishtirish mumkin. Ta’mirlashning natijasi qilingan  shpatlyovka ishlarining sifatiga bog’liq.

Skpatlyovka turlari

Shpatlyovkalarni quyidagi belgilarga qarab turlarga ajratish mumkin:

*Tayyorlik darajasi. Bu quruq va tayyor aralashmalar.

*Bog’lovchi materialning ko’rinishiga qarab. Masalan, polimer, sement va gips kabi bog’lovchi materiallar.

*Qaysi maqsadda foydalanilishiga qarab. Maxsus belgilangan, pardozlash ishlari uchuh, tekislovchi va universal.

Bunday xilma-xil turdagi qurilish materialidan kerakligisini qanday ajratib olish mumkin? Ko’p narsa binoning turiga bog’liq. Namligi  yuqori darajada bo’lgan binolar uchun sementli shpatlyovkalar to’g’ri keladi, turar joy binolari uchun esa gipsli yoki polimerli shpatlyovkalar ishlatiladi. Polimer shpatlyovkalar surtish uchun eng qulayi hisoblanadi. U suvga chidamli bo’lgani uchun oshxonaga ayniqsa mos tushadi.

Skpatlyovka qanday tayyorlanadi?

Turli xil ishlab chiqaruvchilarning shpatlyovkalarini qorishning universal usuli mavjud. Biroq har bir usulda qancha suv aralashtirish kerakligini hisobga olish lozim.

Shpatlyovka qorishning bir necha bosqichi mavjud. Avvaliga alohida bir idishga suv solinadi. So’ngra kerakli miqdordagi shpatlyovka o’lchab olinadi va suvga qo’shilib, ma’lum vaqt davomida yaxshilab aralashtirilib, yana bir necha muddat tindiriladi.

Shpatlyovka bilan qanday ishlanadi?

Avvalam bor ish uchun asboblarni to’g’ri tanlab olish kerak. Shatlyovka ishlarida quyidagi ish qurollari kerak bo’ladi:

*eritmani aralashtirish uchun mikser nasadkali drel;                                                          *turli o’lchamdagi shpatellar;                                                                                                     *devorlarni gruntlash uchun valik va cho’tka;                                                          *tekshirish qolipi;                                                                                                                                             * jilvirli qog’oz;                                                                                                                                *jilvirlash asbobi.

Avvaliga katta shpatel yordamida boshlang’ich shpalyovka surtiladi. Eritma yuza bo’ylab bir tekisda taqsimlanadi. Shpatlyovkani diagonal bo’ylab 30 darajali burchak ostida surtish tavsiya qilinadi. Burchaklarga maxsus burchakli shpatellar yordamida ishlov beriladi.

Boshlang’ich shpatlyovka qurigandan keyin pardozlash shpatlyovkasi surtiladi. Bu yerda katta va kichik hajmdagi shpatellardan foydalanish mumkin. Kichik shpatel bilan aralashma surtilsa, kattasi bilan tekislanadi.

Shpatlyovkadan keyin nima qilish kerak? Ustalar shpatlyovkaning har bir qatlamidan keyin uni gruntlashni tavsiya qiladilar. Buning uchun har bir qatlam yaxshilab qurib olishi kerak.

Silliq shpatlyovka qanday qilinadi?

Shpatlyovka silliq bo’lishi uchun ishlar burchak ostida bajarilishi kerak. Burchak qanchalik katta bo’lsa, shpatlyovka qatlami ham shunchalik yupqa bo’ladi. Eritma elastik bo’lib, devorga yaxshi joylashishi uchun ish jarayonida uni bir shpateldan ikkinchi shpatelga o’tkazish tavsiya qilinadi.