05 Oct 2017

Suvli-dispersion bo’yoq suv-emulsiyali bo’yoqdan nimasi bilan farq qiladi?

Ta’mir ishlarini rejalashtirgan odam bugungi kunda bozorda taqdim etilayotgan loq-bo’yoq mahsulotlarining xilma-xil assortimentidan mamnun, albatta. Ammo tanlashga kelganda bir oz qiyinchilikka duch kelish mumkin: taqdim qilinayotgan mahsulotlardan qay biri muayyan ta’mir ishi uchun maqbulligini ajratib olish lozim. Xususan, qaysi bo’yoq afzalroq – suvli-dispersionmi yoki suv-emulsiyali?

Bo’yoqlarning xususiyatlari

Bo’yoqni tahlil qilib, unga baho berish uchun uning quyidagi xususiyatlariga ahamiyat berish lozim:

*bo’yoqning tarkibi;                                                                                                           

*yopishqoqligi;                                                                                                                           

*sarflanishi;                                                                                                                             

*solishtirma og’irligi;                                                                                                                    

*foydalanish doirasi.

Suvli-dispersion bo’yoq

Ushbu bo’yoqning asosini suvli dispersiyalar bilan quyidagi komponentlardan biri tashkil etadi:

*polivinilatsetat;                                                                                                                                          

*akril;                                                                                                                                                                         

*lateks.

Tarkibida PVA bo’lgan bo’yoq arzonroq hisoblanib, shiftlarni bo’yashda foydalaniladi. Ammo namlikka chidamliligi past bo’lgani uchun bunday bo’yoqni namlik darajasi yuqori bo’lgan xonalarni bo’yashda ishlatish yaramaydi. Shuningdek bunday bo’yoqlar bilan bo’yalgan yuzalar tezda kir yig’adi.

Lateks qo’shilgan suvli-dispersion bo’yoq esa hech qanday kirdan qo’rqmaydi va chidamliligi bilan farqlanadi. Tarkibida akril bo’lgan bo’yoq ham undan qolishmaydi. Bo’yoqning eng katta afzalligi shundaki, uni binolarning ham ichki , ham tashqi qismlarini bo’yashda ishlatish mumkin.

Suv-emulsiyali bo’yoq

Bunday bo’yoqning tarkibiga suv, polimer zarrachalar va pigmentlar kiradi. Bundan tashqari turli xil smolalar ham qo’shilishi mumkin. Suv-emulsiyali bo’yoqlarning quyidagi turlari mavjud:      

*minenalli;                                                                                                                                         

*silikonli;                                                                                                                                                        

*akrilli;                                                                                                                                                   

*silikatli.

Suv-emulsiyali bo’yoqlar bir qancha ustunlikka ega. Bunday bo’yoqlar osongina surtiladi, tez quriydi va hech qanday hid qoldirmaydi. Bo’yoqning kerakli tusga kirishi uchun rang qo’shishning o’zi kifoya qiladi. Bunday bo’yoq ekologik toza hisoblanadi.

Suvga asoslangan bo’yoqlar bilan ishlaganda nimalarni hisobga olish lozim?

Bunday bo’yoqlar bilan ishlaganda xona harorati 5°C dan oshmasligi zarur. Bo’yalgan yuzalarning qurishi uchun ikki soat yetarlidir. Eng katta afzalligi esa shundaki, bunday bo’yoqlar yoriq va tirqishlarni to’g’rilab ketadi, shuning uchun ham yuzalarni bo’yash uchun ularni oldindan tayyorlashning hojati yo’q.

Suvli-dispersion hamda suv-emulsiyali bo’yoqlarning orasidagi farq uncha katta emas. Suv-emulsiyali bo’yoq yuzalarni yaxshiroq qoplasa, suvli-dispersion bo’yoq  puxtaroq qatlam hosil qiladi.