Qorasaroy Q-02

TARA

20kg

Ma’lumot

Yuqori sifatli chet el polimer qo’shimchalaridan foydalanilgan quruq mayda fraksion gips asosidagi shpatlyovka aralashmasi. Qo’llashda qulay, ekologik xavfsiz.

Qo’llash soxasi

Binoning ichki qismlarida yakuniy pardoz berish uchun moljallangan. Beton, sement va gipsli suvoq bilan suvab chiqilgan yuzalar bo’yicha ishlatiladi.

Yuzani Tayyorlash

Asos yuzasi chang, bo’yoq, moy dog’lari va shunga o’xshash halal beruvchi moddalardan tozalangan bo’lish kerak. Chuqurligi 1 santimetrdan ortiq bo’lgan yuzalarni “QORASAROY” suvoq qorishmasi bilan tekislash tavsiya etiladi.

Qorishmani tayyorlash

Qorishmani tayyorlash uchun toza idishga kerakli miqdorda suv solinib, unga aralashmani asta sekinlik bilan (1kg quruq qorishmaga -0,5 -0,6 litr suv) qo’shing. Bir xil pastasimon massa hosil bo’gunga qadar qo’lda yoki mexanik usulda (nasadkali drel) yordamida aralashtiring.
Qorishmani 5 daqiqa tindirib, so’ng yana aralashtiring va qorishma tayyor.
Qorishma 2-3 soat davimida ishga yaroqli. Agar shu vaqt ichida qorishma quyuqlashib qolsa, unga suv qoshmasdan aralashtirib ishlating. Issiq va quyosh nurlaridan qizib ketgan yuzani shpatlyovkalash tavsiya etilmaydi.

Ehtiyotkorlik Choralari

Qorishma ko’zga tegib ketishdan saqlaning. Ishlarni rezina qo’lqoplarida bajaring. Qorishma 20 kg kraft qoplarida qadoqlanadi. Quruq xonada va buzilmagan zavod qadogida kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 6 oy. Qopdagi qorishmalarni ko’pi bilan 10 qator balandlikda taxlash mumkin.

Diqqat! «QORASAROY» qo’llash yoriqnomasi aniq rioya qilingandagina mahsulot sifatiga kafolat beradi, E’tibor berib yoriqnomani o’rganib chiqing, hamda amallar ketma-ketligiga va aralashma nisbatlariga rioya qiling.